LONG BO’G’OZI
LONG BO’G’OZI — Vrangel oroli bilan Osiyo sohillari oralig’ida, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlarini birlashtirib turadi. Uzunligi 128 kilometr, eng tor joyining kengligi 146 kilometr, chuqurligi 36— 50 metr. Yilning ko’p qismi muz bilan qoplangan. Amerika kemasi kapitani T. Long nomi bilan atalgan.