LOX-NESS
LOX-NESS — Buyuk Britaniya shimoldagi ko’l, Shotlandiyada. Glen-Mop tektonik botig’ida joylashgan. Maydoni 56 kilometr kvadrat, uzunligi 39 kilometr, eng chuqur joyi 230 metr. Qirg’oqlari tik, qoyali. Muzlamaydi. Atlantika okeanining Mori-Fert qo’ltig’iga oqadi. Lox-Ness — Kaledon kanalining bir qismi. Lox-Nessda «Nessi» deb nomlanuvchi noma’lum ulkan mahluq yashaydi degan taxminlar bir necha yillardan buyon tasdiqlanmadi.