Loyiha

Loyiha – 1) bino tuzilishini ko’rsatuvchi me’moriy chizmalar to’plami; 2) qurilish, bino va inshootning ishlab chiqilgan rejasi, texnologik jarayon chizimi; 3) muayyan hujjatning birlamchi, taxminiy yozmasi; 4) reja, fikr. Masalan: qurilish loyihasi, tanlov loyihasi, yakunlovchi loyiha, ishni tashkil etish loyihasi, qurilishni tashkil etish loyihasi, tekislash loyihasi, qaytadan qo’llaniladigan loyiha, qaytadan tuzilgan loyiha, imorat loyihasi, ishchi loyiha (ish yuritish loyihasi), ta’mirlash loyihasi, qurilish loyihasi texnik loyiha, andoza loyiha, xomaki loyiha va hokazolar.