Luangprabang, Luangpxabang
Luangprabang, Luangpxabang — Laosning shimol qismidagi shahar. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Mekong daryosi bo’yidagi port. Aeroport bor. Mamlakatning shimol qismidagi iqtisodiy va madaniy markaz. Hunarmandchilik rivojlangan. Laosning qadimgi shaharlaridan biri. Qirol qarorgohi bo’lgan. Diniy markaz. 16-19-asrlarda qurilgan budda haykallari, 30 dan ortiq ibodatxona, Qirol saroyi, qadimgi qo’lyozmalar kutubxonasi bor. Shaharga 14-asrda asos solingan. 1946 yilgacha Luangprabang. Laosdagi turli feodal davlat va knyazliklarning poytaxti bo’lib keldi. 1947 yilda Laos davlati tuzilgach, mamlakat poytaxti Ventyan shahriga ko’chirildi.