Lugansk
Lugansk (1935-58 va 1970-90 yillarda Voroshilovgrad) — Ukrainadagi shahar, Lugansk viloyati markazi. Donbassning (Doneskdan so’ng) ikkinchi muhim shahri. Lugan va Olxovaya daryolarining qo’shilish joyida. Temir yo’l tuguni. Aeroport bor. Aholisi 480 ming kishi (1997). Donbassning yirik mashinasozlik markazi. Teplovozsozlik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, «Dinamo», «Uglepribor», akkumulyatorlar, kuvurlar va boshqa zavodlar, yengil (mayin movut kombinati, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), yog’ochsozlik, kimyo-farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3-oliy o’quv yurti (shu jumladan, Sharqiy Ukraina universiteti), 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, 3 muzey (o’lkashunoslik, badiiy, V. I. Dal uy-muzeyi) mavjud. Lugansk 1975 yilda Yekaterinoslav (1797 yildan Lugansk) cho’yan quyish zavodi ishchilari uchun qurilgan.