Lug’atlar qay tariqa vujudga kelgan?
Lug’at nima ekanligini endilikda har bir kishi biladi. Bu narsa, so’zlar ularning izohlari bilan, odatda, alifbo tartibida keltiriladigan kitob. Keltirilgan o’rinda so’zning talaffuz qilinishi, tarixi yoki uni qo’llashning xususiyatlari tug’risida axborot bo’lishi mumkin. Taajjub, lekin buningdek kitob yaratish g’oyasi paydo bo’lguniga qadar yuzlab yillar kechgan. «Lug’at» so’zi ilk daf’a qo’llagan paytlarda u o’zining lotincha «so’zlar to’plami» degan ma’nosida ishlatilgan. Bu voqea taxminan 1225 yili sodir bo’lgan. Bu, yod olinadigan lotincha kalimalarni qamragan kitobning nomi edi. Kitobdan faqat sinfda lotin tilini o’rganish paytida foydalanishardi. XV asrda lug’atlarda inglizcha so’zlar paydo bo’la boshladi, lekin ulardan lotinchani o’rganish paytida ko’makchi vosita sifatida foydalanishgan. Birinchi haqiqiy inglizcha lugat deb hisoblash odat tusiga kirgan kitob 1552 yilda chop etilgan edi. Kitob hali ham lotincha nomga ega va lotinchani o’rgatish uning asosiy maqsadlaridan biri edi. Ammo u inglizcha o’qishni o’rganishni istovchilar uchun ham foydali ekanligi ma’lum bo’ldi. Aynan shu kitobni birinchi ingliz lug’ati deb hisoblashga nima undaydi? Gap shundaki, nihoyat inglizcha kalimalar ingliz tilida izohlangan va faqat shundan keyingina lotincha transkripsiya berilgan edi. Ushbu lug’at Richard Xyulet tomonidan tuzilgan va u yumor tuyg’usidan bebahra emas edi! Mana, masalan, uning birinchi lug’atidan jajji iqtibos: «zarbadan basharada yoxud tanada paydo bo’ladigan dog’lar — qashqa; masalan, qovog’i qashqa bo’lgan zaifa, barvasta erining mushtiga to’mporilib tushganini so’zlaydi». Buningdek kitoblar miqdori borgan sayin ortadi. Ulardan aksariyati muallif tomonidan muayyan maqsad uchun maxsus tanlab olingan bir necha ming so’zlardan tarkib topgan edi. Bir lug’atda, masalan, so’zlar tartibga ko’ra emas, balki oxirgi bo’ginlarining yozilishi yoki talaffuz etilishiga qarab joylashtirilgan edi. Bu narsa shoirlarga yordam berish maqsadida qilingan. Uni qofiyalar lug’ati deb atash mumkin. Dastlabki lug’atlarga tartib berganlar lug’atga hamma so’zlarni kiritishga zo’r beraverishmagan. Ularning maqsadi faqat qiyin so’zlarnigina tushuntirish bo’lgan. Bu zamonaviy lug’atlarni yaratish debochasi. edi, binobarin ulardan ko’pchiligi ingliz tilidagi hamma so’zlarni o’z ichiga oladi.