Lukresiy

Lukresiy (Lucretius), Tit Lukretsiy kar (miloddan avvalgi taxminan 96— 55.15.10) — rimlik faylasuf va shoir. Lukresiy haqidagi eng dastlabki biografik ma’lumotlar milodiy 4-asrga to’g’ri keladi, lekin uni ishonchli deb bo’lmaydi. Lukresiy falsafada Epikurtng davomchisi. Asosiy falsafiy asari — «narsalarning tabiati haqida» didaktik dostonidir. U qadimgi davrda materialistik falsafa izchil bayon qilingan va to’la saqlangan yagona asardir. Lukresiy fikricha, atom ilk materiya sifatida narsalar mohiyati negizini tashkil qiladi. Lukresiy ba’zilarning atomlarni sezgi a’zolarimiz orkali ko’rmaymiz, chunki ular yo’q, degan fikrga javoban, biz shamolni ko’rmaymiz, lekin shunga qaramasdan u doimo mavjuddir, deydi. Atomlar xilma-xil. Fazo real mavjud. U narsalardan tashqarida mavjud, bo’shliq, vaqt esa jismlarning harakati va sukunati bilan bevosita bog’liq. Harakat bo’shliqda sodir bo’ladi. Jism va bo’shliq cheksizlikni tashkil etadi. Har qanday harakat jismlarning o’ziga xosdir. Harakat sezgilardan yashirin mayda zarralarda boshlanadi. U tufayli katta jismlar harakatga keladi. Odamlar zulm va zo’ravonlikka chek qo’yish maqsadida davlat va huquqqa asos solganlar. Lukresiy tilning kelib chiqishi, dinlarning paydo bo’lishi sabablari haqida fikr yuritdi. Lukresiy etikasida azob-uqubatlar sabablarini bartaraf etish, mo’tadillik, ruhiy xotirjamlik muhim o’rin tutadi. Lukresiyning atomistik g’oyalarini 17-18-asr faylasuflari yanada rivojlantirdilar.