Lvov
Lvov — Ukrainadagi shahar, Lvov viloyati markazi. Bug va Dnestr daryolarining suvayirg’ich qismida joylashgan. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 797 ming kishi (1997). Lvov Ukrainaning yirik sanoat markazi. Murakkab mashinasozlik yetakchi o’rinda; uning tarkibida avtomobil va yukortgich-transport mashinasozligi (avtobus, avtomashinasozlik, avtoyuklagich, konveyer qurilish zavodlari), radiotexnika (televizor zavodi), qishloq xo’jaligi mashinasozligi («Lvovselmash»), gaz priborlari korxonalari, «Lvovpri-bor, biofizika asboblari, asbobsozlik», freezer dastgoxlari, olmos asboblari ishlab chiqarish zavodlari bor. Yengil (poyabzal, trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari), oziq-ovqat (sut, yog’-moy, go’sht kombinatlari, pivo va vino zavodlari, konditer fabrikalari va boshqa) sanoatlari korxonalari mavjud. Oyna, keramika zavodlari, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish korxonalari, neftni qayta ishlash, kimyo-farmasevtika, lok-bo’yoq zavodlari, qurilish materiallari va poligrafiya sanoati korxonalari ishlamoqda, mebel, karton, musika asboblari va boshqalar ishlab 10 oliy o’quv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya, politexnika, tibbiyot, poligrafiya, qishloq xo’jalik institutlari), Ukraina Fanlar Akademiyasining G’arbiy ilmiy markazi, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), telemarkaz, filarmoniya, tsirk, 12 muzey (shu jumladan) Ukraina san’ati, xalq me’morligi va turmushi, etnografiya va badiiy hunarmandchilik muzeylari, kartinalar galereyasi, I. Franko nomidagi adabiy memorial muzeyi va boshqalar) mavjud. Lvov haqidagi dastlabki ma’lumotlar solnomalarda 1256 yilda tilga olingan. Shaharga Galich-Volin knyazi Daniil Romanovich asos solgan. U shaharni o’g’li Lev sharafiga Lvov deb nomlagan. Lvovning ilk me’morligiga oid yodgorliklar yoki qayta qurilgan holda (Mariya Snejnaya va Ioann Krestitel kostyollari, 13— 14-asrlar), yoki keyingi binolar fragmentiga qo’shilgan holda (avliyo Nikolay cherkovi, 13-asr) saqlangan. Shahar markazida turar joy hamda diniy me’moriy edgorliklar (16-19-asrlar) anchagina. Bulardan kafedrali sobor (1360-1493), Arman sobori (1363-70). Uspenie cherkovi (1629), bernardinlar, dominikanlar kostyollari (17-18-a.lar), avliyo yura sobori (18- asr) o’zining me’moriy ko’rinishlari bilan diqqatga sazovor. Bozor maydonidagi turar joy majmuasi binolari (asosiysi 16-19-asrlar), ratusha (1827-35) va boshqalar mashhur.