LYAODUN QO’LTIG’I
LYAODUN QO’LTIG’I — sariq dengizda, Xitoy qirg’oqlari yaqinida, Sharqda Lyaodun yarim oroli bilan chegaralangan. Uzunligi 220 kilometr, eni 175 kilometr, chuqurligi 10-50 metr. Qishda muz parchalari suzib yuradi. Suv qalqishi yarim sutkalik (4,4 metrgacha). Inkouva Tsinxuandao portlari bor.