Lyoss

Lyoss (nemischa) – sarg`ish, mayda zarrali, bo`shoq tog` jinsi. Tarkibida gil mineralardan tashqari, kvars, slyuda, dala shpati, kalsit, temir ikki okidi zarrachalari ham bo`ladi. Lyoss orasida karbonat donachalari uchraydi. Lyosslarning qalinligi bir necha metrdan 400 metrgacha boradi. Lyoss ustida hosil bo`lgan tuproqlar unumdor bo`ladi. Lyoss oqar suvlar, ko`l, muzlik yotqiziqlaridan, shamol keltirmalaridan vujudga keladi. Lyossda kapillyar naychalar tik joylashganligidan lyossdagi jarlar tik devor hosil qiladi.