Lyutoslavskiy (Lutoslawsky) VI Told
Lyutoslavskiy (Lutoslawsky) VI Told (1913.25.1 — Varshava — 1994) — polyak kompozitori, dirijyor, pianinochi. Shvetsiya Qirollik musiqa Akademiyasi a’zosi (1962), zamonaviy musiqaning Xalqaro jamiyati vitse-prezidenti (1965 yildan), Varshava universiteti va boshqalar oliy o’quv yurtlari doktori (1973). Varshava konservatoriyasining fortepiano (1936) va kompozitsiya (1937) sinflarini tugatgan. 1962 yildan Yevropa va Amerika mamlakatlarida kompzitsiyadan dars bergan. Ilk asarlari neoklassisizm uslubiga yaqin. «Sileziya triptixi» (1951), orkestr uchun kontsert (1954) va bohqa asarlarida polyak folklorning zamonaviy kompozitorlik uslublari bilan bog’lagan. B. Bartok xotirasiga bag’ishlangan «motam musiqasi» (1958), «Venesian o’yinlari» (1961), «Anri Mishoning 3 poemasi» (1964), «orkestr uchun kitob» (1968), 3 simfoniya (1947-84)si va boshqalar mashhur. Aleatorika, nazoratli dodekafoniya, sonoristika va boshqa zamonaviy uslublar asosida yaratilgan asarlari teran ma’nosi, musiqa tilining o’ziga xosligi, orkestr vositalarining yorqinligi, kompozision mukammalligi bilan ajralib turadi. Polsha davlat (1952, 1955, 1964), YUNESKOning Xalqaro musiqa kengashi (1983, 1985), Xalqaro kompozitorlar minbari (1959, 1964, 1968, 1985) mukofotlari laureati.