MADURLAR
MADURLAR — Indoneziyadagi xalq (Madura oroli va Yava orolining Sharqiy qismi). Umumiy soni 10,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Tili indonez tillariga yaqin Madura tili. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Madurlar chorvachilik (qoramol, yilqi, echki), dehqonchilik (sholi, makkajo’xori, bog’dorchilik), hunarmandlik, tuz qazib olish, baliqchilik bilan shug’ullanadi.