MAFKURAVIY IMMUNITET

MAFKURAVIY IMMUNITET (lot. immunitet – ozod bo’lish, qutilish) — deganda organizmning doimiy ichki muayyanlikni saqlashi, o’zini turli xususiyatlarga ega ta‘sirlardan, uni tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo’lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Ayni mafkuraviy immunitet jamiyat hayotining eng nozik jihatlaridan, fuqarolarning his-tuyg’ularidan, maqsad va intilishlaridan, ma‘naviy-ma‘rifiy va ruhiy-ahloqiy darajasidan kelib chiqadi. Agar mafkura insonlik sha‘ni bilan bog’liq bo‗lgan hissiyotdan kelib chiqsagina insonni boshqaradi, yo’lga soladi. G’oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. Yoshlarga mafkuraviy immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar muhim rol o’ynaydi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish – g’oyaviy-tarbiyalash ish samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi.