Mag’jon

Mag’jon (1893, hoz. Shim. Qozog’iston viloyati — 1938, Moskva) — qozoq shoiri, jurnalist, maorif arbobi. Qiziljar (hoz. Krasnoyarsk)dagi eski qozoq madrasasi (1905-10), Ufadagi Oliya madrasasi (1910-12), Omskda- gi o’qituvchilar instituti (1913-17) da tahsil olgan. Fors, Arab, turk, rus tillarini yaxshi bilgan, Evropa adabi- yoti b-n yaqindan tanishgan. Alash O’rda hukumatining maorif komissi-yasi a’- zosi (1917), Qozog’iston hukumatining maorif komissari (1919), «Hurriyat bayrog’i» gaz.ning muharriri (1920— 22). 1922 y.da Toshkentga chaqirib oli- nadi. Bu erda Turkiston jumhuriyati qoshidagi «Qozoqqirg’iz bilim komissi- yasi» a’zosi, «Cho’lpon», «sana» jur.lari, «Oq jo’l» gaz. tashkilotchilaridan bo’ldi. Moskvadagi Oliy adabiyot va san’at in- tida o’qidi (1923-26). 1924 y.da Moskvadagi «yoshlarning adabiy jamiyati»da M.ning Toshkent- da chiqargan she’riy kitobi (1923) muhokama qilinadi va uni millatchilik- ni kuylaganligi, tasavvufni, tarixni ulug’lagani qattiq tanqid ostiga olina- Di. Shundan so’ng M. millatchi, turkchi, boylar tarafdori sifatida ayblanadi. 1927 y.da Qozog’istonga qaytib, bir mud- dat Qiziljarda o’qituvchilik qilgach, xalq dushmani sifatida qamaladi (1929). 1935 y.da Gorkiy yordamida qamoqdan chiqadi. Biroq 1937 y.da takror qamalib, 1938 y. martida otib o’ldiriladi. M. 1988 y.da oqlangan. M. xilma-xil mavzularda she’rlar yozgan. Tabiat va inson go’zalliklarini tasvirlar ekan, Ilhom va muhabbatini, sabru bardoshini ularga bo’lgan samimiy ehtirom b-n bog’laydi va o’ziga xos uslub yaratadi («men kim?», «O’t» va b.). M. she’rlari «Cho’lpon» (1912,Qozon), «O’lanlar» (1922, Qozon), «Mag’jon Ju- maboev o’lanlari» (1923, Toshkent) nom- lari b-n 3 kitob holida nashr etilgan. M. 1923-26 y.larda boshlang’ich maktab o’quvchilari uchun darsliklar yozgan. Begali Qosimov.