Magmatik konlar
Magmatik konlar — tarkibida kimmatli minerallar bo’lgan asosli va ishqorli magmaning sovib qotishi natijasida yer qa’rida shakllangan foydali qazilmalar uyumi. Bu uyumlar turli shakllarga ega va ularga yaqin magmatik tog’ jinslari orasida yotadi. Soviyotgan magmada qimmatli minerallarning to’planishi turli sabablarga asoslanadi. Magma soviyotganda o’zaro aralashmaydigan ikki xil suyuqlikka ajraladi, ulardan biri foydali qazilma moddalaridan iborat bo’ladi. Bu jarayon likvatsiya deb ataladi va u likvatsion konlarni xrsil bo’lishiga olib keladi. Bularga sulfidli misnikel rudalari misol bo’ladi. Magma kristallanishida qimmatli minerallar boshqa minerallardan oldinroq ajralib chiqib magmatik rezervaur tubiga cho’kadi va segregasion konlarni yuzaga keltiradi. Bularga xrom, titan, temir rudalarining kichikroq konlari mansub. Magmatik konlardan temir, titan, vanadiy, xrom, platinasimonlar, mis, nikel, kobalt, apatit, olmos, niobiy, tsirkoniy konlari muhim ahamiyatga ega.