Magnit induktsiya
Magnit induktsiya (magnit induktsiya vektori) — magnit maydon ning asosiy tavsifi bo’lgan vektor (v)’, uning kattaligi va yo’nalishi magnit maydonning unda joylashtirilgan tokli o’tkazgichga ta’siri bilan aniqlanadi. Magnit induktsiya alohida elektronlar va boshqa elementar zarralar hosil qilgan mikroskopik magnit maydonlar yig’indi kuchlanganligining o’rtacha qiymatini ifodalovchi magnit maydonning asosiy tavsifi. Magnit maydonning Magnit induktsiya vektorini magnit maydon kuchlanganligi N vektori va magnitlanganlik vektori J orqali ifodalash mumkin. SGS birliklar tizimida magnitlanganlik hajm birligining magnit momentini ifodalaydi.