Magnit zaryad

Magnit zaryad — jismlarning statik maydonlarini hisoblashda (elektr zaryad tushunchasiga o’xshash) ishlatiladigan yordamchi tushuncha. Magnit zaryad elektr zaryadlardan farkli ravishda real mavjud emas, chunki magnetizmning klassik nazariyasiga ko’ra, magnit maydon elektr maydonlardan boshqa hech qanday o’ziga xos manbalarga ega emas. P. Diraknyang tabiatda magnit monopoliya deb atalmish Magnit zaryadlarning tabiatda mavjudligi haqidagi gipotezasi (1931) hozircha tasdiqlanmagan. Magnitlangan jismlar uchun Magnit zaryadning hajm rt va sirt at zichligi tushunchalarini kiritish mumkin. Birinchisi, jism hajmi bo’yicha magnitlanganlikning bir jinslimaslik taqsimoti, ikkinchisi esa magnetik sirtdagi magnitlanganlik normal tashkil etuvchisining sakrashi bilan bog’liq.