Magniy
Magniy (Magnesium), Mg — Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy — er metallarga kiradi. Tartib rakami 12, at. m. 24,305. Tabiiy M. 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sun’iy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. M.ni 1808 i. dastlab ingliz fizigi A. Devi amalgama holida olgan. 1829 y.da frantsuz kimyogari A. Byussi magniy xloridga kaliy bug’i ta’sir ettirib, M.ni metall holida ajratib olgan. M. massa jihatidan er po’stining 2,35% ni tashkil qiladi. M.ning 100 dan ortiq minerallari bo’lib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va b. ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil bo’ladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur er osti karbonat angidrid gazlarining ta’sirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra o’tadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari ta’sirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. O’zbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan. Dengiz suvida 0,38%; ba’zi ko’llar suvida 30% magniy xlorid bo’ladi. M. kumushdek oq, yumshoq, cho’ziluvchan, engil metall, havoda yupqa oksid parda b-n qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. M.ning zichligi 1740 kg/ m3, suyuklanish t-rasi 650°, kaynash t-rasi 1105°. M. birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda ko’zni qamashtiruvchi oq shu’la chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman ko’kimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv b-n reaktsiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bug’i b-n 400° da shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va b. metallmaslar b-n birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400-500° gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. M.ni 500-600° gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S b-n qizdirilganda sulfid MgS hosil bo’ladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy malarida eriydi. M.ning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. M. ko’pgina metallar b-n qotishmalar hosil qiladi. M. o’simlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Ba’zi suv o’tlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar M. kontsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3-4% gacha M. bo’ladi). M. o’simliklarning yashil pigmenti — xlorofill tarkibiga kiradi. Barcha o’simliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshrisa M. borligi aniqlangan. M. fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida bo’ladi. Odam va hayvonlar organizmi M.ni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda M.ga ehtiyoji 0,3—0,5 g. Ovqatda M. tuzlari etarlicha bo’lmasa, nerv sistemasining normal qo’zg’aluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar emida M. etishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi. Sanoatda M. elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar b-n, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo bo’lib dolomit, qaytargich bo’lib ferrosilisiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda M. MgO b-n uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi. Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, tsirkoniy), mustahkam cho’yan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi. Ad.: Eydenzon M. A., Magniy, M., 1969;Ivanov A. I., Lyandres M. B., Prokofev O. V., Proizvodstvo magniya, M., 1979. Temir Otaqo’ziev.