Magniy xlorat
Magniy xlorat [Mg (C1O3)2- 6H2O] — sirtdan ta’sir etuvchi defoliant, desikant. Suvda eruvchan 60% li kukun. Rangi oqish kulrang yoki qo’ng’ir. G’o’za, soya, dukkakli va boshqa ekinlarning hosilini yig’ishdan avval bargini to’kishda va tupini quritishda qo’llaniladi. Ko’pgina g’o’za tuplarida 1-4 ko’sak ochilgandan so’ng defoliatsiya o’tkaziladi. Preparatning sarf normasi: 8-20 kg/ ga, ish suyuqligi traktor purkagichlari qo’llanilganda 200 l/ga. Desikasiyada preparatning sarf me’yori: 25-35 kg/ ga; ish suyuqligi defoliatsiyada olingan sarf me’yoriga teng. Magniy xlorat Farg’ona «Azot» ishlab chiqarish birlashmasida 1965 yildan ishlab chiqariladi. Zahari kam. Sichqonlar uchun O’D50 5300 mg/kg.