MAHALLIY BUDJET

MAHALLIY BUDJET — davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.