MAHALLIY SOLIQ VA YIG’IMLAR
MAHALLIY SOLIQ VA YIG’IMLAR — davlat hokimiyatining mahalliy organlari va idoralari daro- madiga o’tkaziladigan soliq va yig’imlar. O’zbekiston Respublikasida M.s. va y.ga mol-mulk solig’i; er solig’i; rekla- ma solig’i; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimo- iy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi li- tsenziya yig’imlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati b-n shug’ulla-nuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotran- sport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im; obodonchilik uchun yig’im va b. kiradi. M.s. va y. mahalliy byudjetga o’tkaziladi, ularning mikdori, stavka- lari, undirish tartibi, soliqdan imti- yozlar berish Qoraqalpog’iston Respubli- kasi Jo’qorg’i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent sh. xalq deputatlari kengash- lari tomonidan, amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk va er solig’i O’zR qonun hujjatlari b-n jo- riy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlarning stavkalari O’zR Vazirlar Mahkamasi to- monidan belgilanadi. M.s. va y.ga oid huquqiy munosabatlar O’zR ning soliq kodeksi (1997 y.dan 24 apr.) b-n tartibga solinadi. Muhammadjon Nig’matov.