Mahalliy vaqt
Mahalliy vaqt — er yuzidagi bi- ror nuqta uchun belgilangan vaqt, o’rtacha Quyosh yoki yulduz vaqti. M.v. joyning Geo- grafik uzunligiga bog’liq,. Geografik uzunlik sharqqa 15° ortganda M.v. 1 soat- ga ortadi, lekin bitta meridianda joy- lashgan barcha nuqtalarning M.v. deyarli bir xil. Katta shaharlarning Sharqiy va g’arbiy qismlaridagi M.v. bir- biridan bir necha sekundga farq qiladi. Bu noqulaylikdan qutulish uchun bar- cha mamlakatlarda mintaqa vaqti qabul qilingan. Shu maqsadda er sharining bu- tun yuzasi meridianlar b-n 24 mintaqaga bo’lingan. Har bir mintaqa ichidagi vaqt bir-biridan 1 soatcha farq qiladi. Nolinchi deb ataladigan boshlang’ich mintaqaning o’rtasidagi meridian lon- don yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o’tadi. Grinvich M.v. Toshkent vaqtidan 5 soatga farq qiladi (yana q. Vaqt).