Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muxammad Hodiy al-Husayniy
Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muxammad Hodiy al-Husayniy (18-a.) — tilshunos olim. Astrobodda tug’ilgan. Eron shohi Nodirshohning (1736— 47) shaxsiy kotibi bo’lgan. M.ning ilmiy merosi tarix, insho, filologiya va fizi- kaga oid. «Tarixi Nodiriy» va «Durrai Nodiriy» kabi tarixiy asarlari Evropa tillariga tarjima qilingan. M.ning Fi- zikaga oid «kitobi Javohir attabiiya» («Tabiat javohirlari kitobi») asari 1888 y.da Haydarobodda nashr qilingan. M. Sharqshu-noslikka oid «Sangloh» («Maboni ullug’ot») kitobida Alisher Navoiy asarlari misolida o’zbek tili grammatikasini fonetik va morfologik jihatdan taxlil qilgan.
O‘xshash so‘zlar
- MAHFUZ NAJIB
- Mahkamlash detallari
- Mahkamov G’ulom Mahkamovich
- Mahkamov Meli
- Mahkum
- Mahmud G’aznaviy
- Mahmud G’ijduvoniy
- Mahmud Hakim Yayfoniy











