Mahkamov Meli

Mahkamov Meli (1939.22.11, Tosh-kent) — telerej. O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan san’at arbobi (1990). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1963). 1961 y.dan O’zbekiston teleradiokompaniyasida ishlaydi. 1990-93 y.lar «O’zteleradio» Kompani- yasining badiiy rahbari. «Chi-nor» (A. Muxtor), «Hazrati inson» (R. Fayziy), «Xo’rlanganlar va haqoratlanganlar» (F. Dostoevskiy), «soqov xotin» (A. Frans), «Hakim va ajal» (A. Oripov), «Yoqut ko’zli bilaguzuk» (A.Kuprin), «Olmos kamar» (P. Qodirov) kabi 30 dan ortiq telespektakl va videofilmlar- ni sahnalashtirgan. Ayniqsa, Oybekning «Qutlug’qon» romani asosida yaratil- gan 7 qismli videofilmi badiiy etuk va mukammalligi, aktyorlarning yuksak ijro mahorati b-n ajralib turadi. Shu- ningdek, M. «Teleminiatyuralar teatri», «Ekran xandasi», «shanba, nonushtadan so’ng», «Otalar so’zi — aqlning ko’zi» va b. ko’rsatuvlarning tashkilotchisi va rej. «Hayot quvonchlari va tashvishlari» turkum ko’rsatuvining 1990-92 y.lar te- levidenie orqali «Navro’z»ga bag’ishlab ilk bor o’tkazilgan uzluksiz telemara- fonga bosh rej.lik qilgan. Amir Temur- ning 660 y.ga atab 21 qismli badiiy Pu- blisistik «Temurnoma» (X. Davron b-n birga) videofilmini yaratgan.