MAHKAMOV RUFAT G’ULOMOVICH

MAHKAMOV RUFAT G’ULOMOVICH (1930.16.10, Toshkent) — mashinasozlik sohasidagi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1982), texnika fanlari Doktori (1978). professor (1979). Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1954). Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim (1954-56), O’zbekiston Fanlar Akademiyasining texnika fanlari bo’limi ilmiy kotibi (1960-61), Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida katta o’qituvchi, dotsent, dekan, kafedra mudiri, professor (1962 yildan). Ilmiy faoliyati tola sifatini oshirish maqsadida paxta tozalash mashinalari ish organlari sifatini tekshirish va ularning parametrlarini optimallashtirishga bag’ishlangan. As: Osnovi prosessa vzaimodeystviya poverxiostey tvsrdix tel s voloknistoy Massoy, T» 1979; Povmshenie texnologicheskoy nadyojnosti xlopkoochistiteln1x mashin, rabotayushix v udarnom rejime. T» 19X9.