Mahmud G’ijduvoniy

Mahmud G’ijduvoniy, joni Mahmud ibn Shayx Ali ibn Imomid- din al-G’ijduvoniy (16-a.) — buxorolik sayyoh, geograf, va tarixchi olim. Yosh- ligidan ustozlari — Shayx Kamolid- din Husayn Xorazmiy va Shayx Hoji Muhammad al-Xabushoniy sayohatlarida qatnashgan, so’ngra Turon va Eron oralig’ida o’zi sayohat qilgan. Bu sayohatlar natijasida «Miftoh uttolibin» («ilm toliblarining kaliti») asarini yozgan (1543). Asarda 16- a. boshlarida Buxoro, Samarqand, Xiva, Marv, Mashhad, Hirot, Niso sh.lari, o’sha davrdagi tarixiy voqealar, urf-odatlar, yirik shaxslar va b. to’g’risida ma’lumotlar mavjud. M. G’. Xa- zar (Kaspiy) dengizining sharqidagi eng yirik port — Manqishloq bandargohiga ham tez-tez borib turgan. Bu portga Kav- kaz va Sharqiy Evropa mamlakatlaridan savdogarlar kelib turgan. M. G’. asarini 19-a.da oga-hiy fors tilidan o’zbek ti- liga tarjima qilgan. Ad.: Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981.