MAHMUDTOG’
MAHMUDTOG’ — Samarqand VI- loyatidagi tog’. Zirabuloq tog’lari tar- kibiga kiradi. Uz. 10 km, eni 4 km. Eng baland joyi 962 m. Jan.-sharkdan shim.- g’arbga yo’nalgan. Yon bag’irlari keskin ko’tarilgan. Suvayirg’ich qismi yassiroq, kam parchalangan. Tog’lar asosini yuqori paleozoy davrining metamorflashgan ohaktosh, slanes va intruziv granitlari tashkil etadi. Yon bag’irlari kuchli par- chalangan, ayniksa, slanes va ohaktoshlar kuchli nurashi natijasida quruq soylar paydo bo’lgan. Oddiy bo’z tuproklar- da efemerlardan kattabosh, ettibo’g’in, rang, qo’ngarbosh, shuningdek, kakliko’t, mayda tikanli bodom va b. o’sadi. M.t.dan yaylov sifatida foydalaniladi (mahsuldorligi gektarga 1-2 ts).