Mahshar

Mahshar (Arabcha — to’planish, yig’ilish joyi) — sunniylikdagi oxirat va shialikdagi ma’od aqidasi bilan bog’liq tasavvur. Islom an’anasida dunyo tugagach, insonlar tirilib, o’rnidan turib to’planadigan va so’roq qilinadigan kun, deb tasavvur etiladi. Shundan Mahshar kuni oxirat kuni yoki qiyomat kuni mazmunida tushuniladi.