MAHSULOT TANNARXI

MAHSULOT TANNARXI — korxonaning mahsulotni yaratish uchun qilingan sarf-xarajatlarining puldagi ifodasi. Mahsulot tannarxi korxona iqtisodiy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan bo’lib, o’zida mahsulot yaratish uchun qilingan xomashyo, yoqilg’i-moylash materiallari, mehnat, elektr energiyasi sarfi, shuningdek, bino, inshoot va uskunalarning ishlab chiqarish jarayonida sotilgan qismi qiymatini ifodalaydi. Sanoatda tannarxning sex, korxona va to’la yoki kommersiya miqdori alohida farqlanib, xarajatlar tarkibi har bir sanoat tarmog’ida o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi.