MAHSULOT TANNARXI TARKIBIGA KIRITILADIGAN MAHSULOTNI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI

MAHSULOT TANNARXI TARKIBIGA KIRITILADIGAN MAHSULOTNI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI — maxsus nizom asosida belgilanib, uning tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq xarajatlar, tabiiy xomashyo, yer, o’rmon, suv resurslaridan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va mahsulot sifatini oshirish bilan bog’liq nokapital xarakterdagi xarajatlar, tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari kabilar kiradi.