Mahtumquli

Mahtumquli (taxallusi Firog’iy; 1733, Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlog’i — 1791) — tur- kman shoiri va mutafakkiri. Otasi Dav- latmamat Ozodiy (1700-1760) ham shoir bo’lgan. M. boshlang’ich ta’limni oilada o’z otasidan olgan. So’ng qishlok makta- bida Niyozsolih mulla qo’lida o’qigan. Dastlab M. Xalach atrofining Qiziloyoq qishlog’idagi Idrisbobo madrasasida, keyinchalik Buxoroning Ko’kaldosh, Xi- vaning Shergoziy madrasalarida tehsil olgan. Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy, Navoiy singari mashhur sho-irlar ijo- didan bahramand bo’lgan. Zargarlik b-n shug’ullangan. Afg’oniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Samarqand, Turkiston kabi bir kancha shaharlarga sayohat kilgan. M. ning oilaviy sharo- iti xususida har xil rivo-yatlar bor. Mahtumqulishunoslar M. Menglixon ismli kizni chin dildan sevganini, bi- rok ularning turmush qurishiga imkon bo’lmaganini yozadilar. M. bir kancha lirik she’rlar, lirik- epik dostonlar, g’azal va muxammaslar yozgan. Bizgacha uning lirik, falsafiy, pandnasihat xarakteridagi 10 ming mi- eradan ortiq she’rlari etib kelgan. M. she’rlarida turkman xalqining hayoti, urf-odatlari, o’z davrining muhim ij- timoiysiyosiy hodisalari, shoirning ichki kechinmalari teran ifoda etil- gan («bo’lmasa», «kelgay», «bilan», «Naylayin», «Etmas», «Bular», «Ket- Di zamona» va b.). Asarlarida turkman urug’larini birlashishga chaqirgan. Ular o’rtasidagi nizojanjallarni tugatish- ga uringan («taka, yovmut, ko’klang, yozir, Alili — bir davlatga qullik kilsak be- shimiz…»). M.ning ishq-muhabbat mavzuida- gi she’rlari ham ohangdorligi, chukur falsafiy mohiyati b-n ajralib tura- Di. Shoirning hayot va o’lim, inson va borliq, go’zal insoniy fazilatlar va odob-axloqqa oid she’rlarida Islom dini hamda tasavvufiy karashlar ta’si- ri yaqqol seziladi («Mahtumkuli, shukr et sen Xudoga, o’lim barobardir shohu gadoga…»). Ko’p she’rlariga Qur’oni Karim oyat- lari, hadisi sharifning maz-munmohiyati singdirilgan. Shoir she’rlarida pay- g’ambarlar, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy singari ulug’zotlar juda ko’p tilga oli- nadi. Shuningdek, Allohga Munojot, Rasululloh (sav)ga murojaat ohanglari M. she’riyatining eng asosiy tamoyilla- ridan biridir («riyodan, yo Rab», «sochdi Muhammad», «yo Rasul» va b.). M. uslubida xalq og’zaki ijodi- ga yaqinlik bor. M. turkman xalqining maqol va matallarini, xalqtiliga xos ayrim unsurlarni adabiyotga olib ki- rishda katta xizmat qilgan. Shoirning purma’no misralari turkman Milla- tining hikmatli so’zlari, aforizmlar qatoridan o’rin olgan. M. ijodi Evropa va rus sharqshunoslari, turkman va o’zbek olimlari tomonidan tadqiq etilgan; qiyosiy o’rganilgan. Xususan, Navoiy ijodining M.ga ta’siri va b. adabiy ta’- sir masalalari tekshirilgan (S. Qoriev, «Navoiy va mah-tumquli», «Mahtumquli va Islom shoir», «Mahtumquli she’- rlari asosida yaratilgan o’zbek xalq qo’shiklari» va b.). M. she’riyati barcha turkiy mil- latlar, jumladan, o’zbeklarning ham ma’naviy mulkiga aylangan. Bir necha marta she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Ko’plab she’rla- ri hofizlar tomonidan kuyga solib ay- tiladi. M. haqida kinofilm, spektakl va badiiy asarlar yaratilgan. As: tanlangan asarlar, T., 1963; mah- tumquli she’riyatidan, T., 1976; Saylan- ma, T., 1995; Turkman mumtoz she’riyati durdonalari, Urganch, 2000. Ad.: Quramboev K., O’zbek-turkman adabiy aloqalari, T., 1978. Bahodir Karimov.