MAJBURIY ZAXIRA (REZERV)LAR

MAJBURIY ZAXIRA (REZERV)LAR — Majburiy bank rezervlarining me’yorini o’zgartirish siyosati — pul-kredit siyosati vositalaridan biri. Majburiy bank rezervlarining me’yori Markaziy bank tomonidan belgilanadi va o’zgartiriladi. Agar u kamaytirilsa, ortiqcha bank rezervlari ortadi, bu esa pul taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Majburiy bank rezervlari me’yorini ko’tarish yordamida davlat pul taklifini kamaytiradi, zero, banklarning ortiqcha bank rezervlari qisqarishi pul miqdorining kamayishiga olib keladi.