MAJEYKYAY

MAJEYKYAY — Litvadagi Majeykyay rayoni markazi. Vilnyus shahridan 291 kilometr shimoli-g’arbda joylashgan. Liepaya, Shyaulyay, Elgava shaharlari yo’nalishidagi temir yo’l tuguni. Aholisi 46,6 ming kishi (1995). Neftni qayta ishlash zavodi (Majeykyaydan 15 kilometr naryada), elektrotexnika, kompressor, zig’ir, pivo zavodlari, poyabzal va mebel fabrikalari, teatr, o’lkashunoslik muzeyi bor. 19-asrda vujudga kelgan.