MAK-KINLI

MAK-KINLI — Alyaska tizmasidagi cho’qqi, shimoliy Amerikada eng baland. Balandligi 6193 metr. Granitlardan tuzilgan. Tog’ etaklarida igna bargli o’rmonlar, 1300— 1500 metrdan boshlab qor va muzliklar bor. Denali milliy parki tashkil etilgan.