Makakalar
Makakalar (Masasa, Macaces) — martishkasimonlar oilasiga mansub maymunlar urug’i. Juni sarg’ish- qo’ng’ir yoki qora. Gavdasining uzunligi 34-65 santimetr, dumi 5-70 santimetr, vazni 3,5—18 kilogramm. 12 turi ma’lum, jumladan, bir turi (magot) Afrika va Janubiy-G’arbiy Yevropada, qolgan turlari Janubiy Osiyoda tarqalgan. O’simlik mevalari, barglari va ildizlari, hasharotlar va ularning qurtlari, ba’zan qisqichbaqasimonlar (krablar) va boshqalar bilan oziqlanadi. Gala bo’lib yashaydi. Har yili bittadan bola tugadi, bo’gozlik davri 5-6 oy, 3,4—4,5 yilda voyaga yetadi.
O‘xshash so‘zlar
- Makakalar
- Makalu
- Makapagal (Macapaga) Arroyo Gloriya xonim
- Makarenko Anton Semyonovich 1888
- MAKARON MAHSULOTLARI
- Makaron sanoati
- Makarov Pavel Leontevich
- MAKASAR BO’G’OZI











