MAKARON MAHSULOTLARI
MAKARON MAHSULOTLARI — bug’doy uni xamirilan quritib tay- yorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. M.m. turli o’lcham va shakllarda ishlab chiqariladi. Shakli va o’lchamlariga ko’ra, makaron (uz. kamida 15 sm, qalinligi 1,5 mm dan ortiq bo’lmagan naysimon mahsulot), ugra, vermishel, shakldor (chiganoq, yulduzcha va b.) xillari bor. M.m. to’yimliligi va ta’mi buzilmas- dan uzok, saqlanishi, oson pishishi b-n boshqa mahsulotlardan ajralib tura- Di. Tarkibida 12-13% oqsil modda- lar, 70% dan oshik, uglevodlar mavjud. Namligi 12,5—13% oshmaydi. M.m. uzluksiz ishlaydigan avtomat liniya- lar o’rnatilgan maxsus M.m. f-kparida ishlab chiqariladi. O’zbekistonda non k-tlari qoshida M.m. tsexlari mavjud (yana q. Makaron sanoati).