MAKKAJO’XORI ZARARKUNANDALARI
MAKKAJO’XORI ZARARKUNANDALARI — makkajo’xorini zararlay- digan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: ko’sak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajo’xori kapalagi, makkajo’xori bita, makkajo’xori sustkashi va b. Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania AV- Lodiga mansub hasharot. Makkajo’xorini 7-9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, ro’vaklari va so’tasini zararlaydi. Bu o’simlikka 4 ta turdagi Leukan tunlam- lari ziyon etkazadi. Kapalagining qanoti yozilganda 40-44 mm. Oldingi qanoti och sarg’ish, ko’ndalang yo’lchalari qizg’ish rangda. Kurti 40-45 mm, okdmtirkizg’ish, tana- sining ustida oqish rang uzunasiga ket- gan yo’lchasida qora nuqtalari bor. Makkajo’xori kapalagi (Pyrausta nubilalis Hb.) — kapalaklar yoki tangachaqanotlilar turkumiga man- sub hasharot. Hammaxo’r. Zararlangan makkajo’xori poyalari va so’talari sinib tushadi. Kapalagining qanoti yozilganda 27-28 mm. Qanotlari sarg’ishkulrang. Qurti 25 mm gacha, oq yoki qoramtirsarg’ish. Tanasining oldingi bo’g’imlarida 4 ta- dan va keyingi bo’g’imlarida 2 tadan kora xollari bor. Bahorda poya ichida g’umbakka aylanadi va 10-25 kundan so’ng kapalaklari uchib chiqadi. Kapa- laklari kechqurunlari uchadi. Kapalagi 3-8 haftagacha hayot kechiradi, 250-350 tagacha tuxumini o’simlik barglarig’shng ostki tomoniga va so’talarga yo’l-yo’l qilib qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari uch yoshgacha barg b-n, so’ng poyaning ichiga kirib ovqatlanadi. 2-3 avlod beradi. Makkajo’xori biti (Aphis maridis Fitcn.) — tengqanotlilar turkumiga man- sub hasharot. Uz. 1,04—2,18 mm, och-yashil, boshi qo’ng’ir rangda. Makkajo’xorining bargi, poyasi va so’tasini so’rib zarar- laydi, barg va po-yasida mayda qizg’ish dog’lar hosil bo’ladi. Qattiq zararlangan barglari sar-g’ayib quriydi. Mavsumda 10 tagacha avlod beradi. Bahorda va kuzda juda tez rivojlanadi. Makkajo’xori sustkashi (makkajo’xori qora qo’ng’izi) (Pedinus femoralis L.) — qora qo’ng’izlar oilasiga mansub qo’ng’iz. Tanasining uz. 7,5—9,6 mm; rangi qora, qanotlari rivojlanmagan, ust qanotlari esa birlashib ketgan. Lichinkasi uzun, sariq. Qurg’oqchilik yillari ekinlar- ga katta zarar etkazadi. Qo’ng’izi va li- chinkasi qishlaydi; tuxumini bahorda tuproqning oftob yaxshi tushadigan yuza (10 sm cha chuqurlikka) qatlamiga qo’yadi. Tuxumining rivojlanishi 9-15 kun davom etadi. Lichinkasi qishlab chiqqach, kelasi yili iyun—iyulda g’umbakka ay- lanadi. Yosh qo’ng’izlar iyulda ham tuxum qo’yadi. Lichinkalari ekilgan urug’larni eb va o’simlik ildiz bo’g’zini kemirib za- rar keltiradi. Makkajo’xori simqurti (Agritosmeticulosus Cand.) kattikka- notlilar yoki qo’ng’izlar turkumining qirsildoq qo’ng’izlar oilasiga mansub hasharot. Asosan, tanasining uz. 7,5— 9,6 mm. Rangi qora. Qanotlari rivojlan- magan, ustki qanotlari birlashib ketgan. Lichinkasi simsimon, ingichka tanali. 2-2,5 mm uzunlikda, sariqyoki qo’ng’ir rangli bo’ladi. Lichinkasining rivojla- nishi 3-4 yilgacha davom etadi, etilgan lichinkalari kuzga borib g’umbakka ayla- nadi, undan chiqqan qo’ng’izlari qishlab qoladi. Kelgusi yilning Kuklami yoki yozida qo’ng’izlari tuproq ostidan chiqadi. Urg’ochisi tuproqning yuza qavatidagi yorikdarga yoki kesaklar tagiga bittabit- tadan yoki to’p-to’p qilib 150 tagacha tu- xum qo’yadi. Tuxumdan 20-40 kunda sariq boshli oq lichinkalar chiqadi. Lichinka o’sgan sari tanasi sarg’ayadi. Bu hasharot tuprokda unib kelayotgan urug’larni va o’simlik ildizlarini kemirib zararlay- Di. Kurash choralari: qishlovchi zarar- kunandalar o’choqlarini yo’qotishga qaratilgan agrotexnika tadbirlarini o’tkazish; erni chuqur shudgorlash, dalani o’simlik qoldiqlari va begona o’tlardan toza tutish; ekishda urug’likni dorilash; insektisidlar purkash; zararkunanda- lar yalpi tuxum qo’yishi davrida trixo- fammalardan foydalanish va b. Sulton Alimuhamedov.