Makmillan (Mcmillan) Edvin MATTISON
Makmillan (Mcmillan) Edvin MATTISON (1907.18.9, Redondo Bich, Ka- liforniya shtati — 1991) — amerikalik fizik, AQSh Milliy FA a’zosi (1947 y.dan). Kaliforniya texnologiya in- tini tugatgan (1928). 1935 y.dan berk- li sh.dagi Kaliforniya untida ishlagan (1946 y.dan shu un-t radiasiya laborato- riyasi prof., 1958-71 y.larda direkto- ri). Ilmiy ishlari yadro fizikasi, tez- latkichlar texnikasi va yuqori energiya- lar fizikasiga oid. Amerikalik fizik F. X. Eyblson b-n xamkorlikda birinchi transuran element — neptuniyni sintez qilgan (1940); plutoniyni ochilishida ishtirok etgan. VM.Veksleraan mustaqil qolda zaryadlangan zarralarni tezlatish- ning yangi printsipi — avtofazalash printsipini kashf qilgan (1945). Nobel mukofoti laureati (1951; g.T. Siborg b-n xamkorlikda).