Makroevolyusiya

Makroevolyusiya (mo- Kro… va evolyusiya) — turlardan yuqori taksonlar [urug’lar (turkumlar),oilalar, turkumlar (tartiblar), sinflar va b.] ning hosil bo’lishiga olib keladigan evolyusion jarayon. «M» termini rus biologi yu. A. Filipchenko (1927) to- monidan taklif etilgan bo’lib, ayrim olimlar unga o’ziga xos jarayon sifatida qarashadi. Lekin ko’pchilik olimlarning fikricha, M. o’ziga xos mexanizmga ega bo’lmasdan, faqat mikroevolyusiya ja- rayonlari orqali amalga oshadi; mikro- evolyusiya jarayonlari to’plana borib, M. ko’rinishida ifodalanadi. M. evolyusi- on o’zgarishlarning tarixan uzoq davom etadigan umumlashmasidan iborat. Shu sababdan M.da organik dunyo evolyusiya- sining mikroevolyusiya darajasida kuza- tib bo’lmaydigan umumiy xususiyatlari, yo’nalishlari va qonuniyatlari yaqqol na- moyon bo’ladi.