Makruh
Makruh (Arab. — rad etil- gan, qoralangan, nomaqbul) — shari- at hukmlaridan biri (farz, mandub, muboh, harom b-n birga). Kdtiyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul hisoblangan va rad etilgan amallar M. xisoblangan. M. — Payg’ambar (as) kaytargan ish de- makdir. Har bir musulmon M. ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. M. ishni gunohchtn qo’rqib qilmagan kishi savob- li, qilavergan kishi gunohli bo’ladi, deb sanaladi. M. ishlarning M.ligini inkor qilgan kishi imondaya chiqmasada, gunohkor bo’ladi. M. ishlar uchun qattiq jazo belgilanmagan. M. amallarga diniy burchni bajarish paytdagi ba’zi xrlat- lar, xasislik, berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga mensimaslik b-n qarash, birovni yo’q yaxshi sifatlar b-n maktash va b. kiradi. Mazhabga ko’ra, M.ga aslida man etilgan ba’zi taom va ichimlik turlari ham kiradi. M. tushun- chasi halol b-n haromni ajratib berishi b-n Islomiy axloqning shakllanishida muhim o’rin tutadi.