Maksimin Gay Yuliy Ver

Maksimin Gay Yuliy Ver; fraki- yalik M. (taxm. 172/73—238.10.5) — Rim imperatori (235 y. martdan). Frakiyalik dehqon oilasida tug’ilib, oddiy jangchi- likdan oliy mansabga qadar yo’lni bosib o’tgan. Iordannint yozishiga qaraganda, M.ning bo’yi 8 stop (Fu-t)dan ortiq (1 stop — 30,5 sm) bo’lgan. Germaniya chega- rasidagi urush paytida, Mayns yaqinida qo’shin b-n ixtilofda bo’lgan imperator Aleksandr Sever o’ldirilgach, jangchi- lar M.ni imperator deb e’lon kilgan- lar. M. alemannlar (235), sarmatlar va daklar (236-237) ustidan bir necha g’alabaga erishgan. Senat va yirik er ega- lari manfaatlariga zid bo’lib, jangchi- lar ehtiyojini qondirishga qaratilgan M. siyosati 238 y. «soldatlar» impera- toriga qarshi Gordianlar tomonidan ko’tarilgan qo’zg’olonga sabab bo’lgan. Se- nat parti-yasiga qarshi bo’lgan urushda M. va uni Tsezar deb e’lon qilingan o’g’li Akvileya sh.ni qamal qilishgan, biroq o’z lashkarlari orasida chiqqan isyon payti- da o’ldirilganlar.