MAKSVELL TENGLAMALARI

MAKSVELL TENGLAMALARI makroskopik elektrodinamikaning IX- tiyoriy muhitda sodir bo’layotgan elek- tromagnit hodisalarni ifodalaydigan asosiy tenglamalari. M. t., odatda, in- tegral ko’rinishda yoziladi, ammo dif- ferentsial tenglamalar ko’rinishida ham yozilishi mumkin. 19-a. 60-y.larida J. K. Maksvell elektr va magnit maydonlar haqidagi M. Faradey g’oyalariga asoslan- gan holda tajriba yo’li b-n aniqlangan qonunlarni umumlashtirib, ixtiyoriy za- ryadlar va toklar tizimi hosil qiluvchi elektromagnit maydonning tugallangan nazariyasini yaratdi. Maksvell nazariya- si klassik fizikaning rivojlanishiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi. Mexanika- da Nyuton qonunlari qanday ahamiyatli bo’lsa, makroskopik elektrodinamika- da M. t. ham shunday ahamiyatlidir. M. t.ning birinchisi Faradeyning elektro- magnit induktsiya krnunining matematik ifodalanishidan iborat. M. t.ning ikkinchisi J. B. Bio, F. Sa-var, P. Laplasning tajribalarga tayanib yaratgan magnit maydonni tokli o’tkazgichlar yaratishi haqidagi qonunini umumlashtirish asosida olingan. Mas, ixtiyoriy berk kontur bo’yicha magnit maydon induktsiyasi vektorining tsir- kulyasiyasi shu kontur o’rab olgan yuza- dan o’tuvchi hamma toklarning algebraic yig’indisiga teng. Maksvell magnit maydonni faqat o’tkazgichdan o’tayotgan toklar hosil qilibgina qolmay, balki uni har qanday muhitda vujudga kelgan o’zgaruvchan elektr maydoni ham hosil qilishi haqidagi gipotezani ilgari suradi. Bu gipoteza tajribalar orqali to’la tasdi- klangan.