MALHAM
MALHAM — sirtdan qo’llanadigan dori shakli. Mazlarga qaraganda qattiqroq, badan haroratida yumshab teriga yopishadi. U ba’zan suyuq bo’ladi. Malhamlar (qo’rg’oshinli malham, Leykoplastir, garmdorili plastir, bakterisid qog’ozlar va boshqalar) teri yuzasidagi bog’lovlarni mahkam tutish, terini tashqi ta’sirlardan saqlash va davolashda ishlatiladi.