MALIK USH-SHUARO

MALIK USH-SHUARO (Arabcha — shoirlar shohi) — Sharqda muayyan adabiy doiraga mansub shoirlar va yozuvchilarning eng peshqadamlariga podsholarning saroylarida berilgan rasmiy faxriy unvon. Masalan, Eronda Bahor, Afg’onistonda Betobga Malik ush-shuaro unvoni berilgan.