Malikcho’l

Malikcho’l — Buxoro viloyatidagi cho’l. Zarafshon daryosining quyi oqimida. Daryoning yuqori ko’hna qayiri (terrasasi)da joylashgan. G’arbdan sharqqa 65 kilometr cho’zilgan. Maydoni 58,2 ming gektar. Relefi tekis, Zarafshon daryosi tomon qiya. Iqlimi keskin, kontinental, iyulning o’rtacha temperaturasi 27-29°, yanvarniki 1,7—3,5°. Yillik yog’in miqdori 180 mm. Tuprog’i har xil darajada sho’rlangan va gipslashgan bo’z tuproq. O’simliklardan shuvoq, gulsafsar, pechakgul va boshqalar o’sadi. Hayvonlardan kalamush, uzunoyoq, yumronqoziq, qora ilon va boshqalar bor. Amu-Buxoro mashina kapali suvini cho’lga keltirilishi yangi erlarni ochish, Malikcho’lda bog’dorchilik, tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan birga paxtachilikni rivojlantirishga imkoniyat yaratdi.