Mallaev Natan Murodovich

Mallaev Natan Murodovich (1922.22.1 — Toshkent — 1996) — ada- biyotshunos, tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973). Fi- lol. fanlari D-ri (1978), prof. (1980). Toshkent ped. in-tini tugatgan (1942). «Qardosh xalqlar adabiyoti» (hoz. o’zbek klassik adabiyoti) kafedrasi mudiri (1965-91). M. «O’zbek adabiyoti tarixi» (o’rta maktablar uchun, 1953-72), «O’zbek adabiyoti tarixi» (un-t va pedagogika in- tlari uchun, 1963-65) kabi darsliklar mu-allifi. Asosiy ilmiy tadqiqotlari Navoiy ijodini o’rganish va mumtoz adabiyot b-n xalqog’zaki ijodining uza- ro ta’sirini tadqiq etishga karatilgan («Ulug’shoir va mutafakkir», 1969; «na- voiy ijodining xalqchil negizi», 1973; «So’z san’atining gultoji», 1991 va b.). M. «Abulqosim Firdavsiy» (1962) monografiyasini yozgan. S. Ayniyning «Qisqacha tarjimai holim» asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Firdavsiy «Shohnomasining 2 jilddan iborat na- sriy tarjimasini, Majlisiy («Qissai Sayfulmulk» dostoni), Navoiy (ruboiy, tuyuq, lirika) asarlarini nashrga tayyor- lagan. M. Navoiy asarlarining ruscha 10 jildli nashrini (5 — va 10-j.lar, 1968) tay-yorlashda qatnashgan. Oliy o’quv yurt- lari va o’rta maktablar uchun dastur va xrestomatiyalar tuzgan (1952-74).