Ma’lumot

Ma’lumot (pedagogikada) — shaxsning o’qish-o’rganish natijasida o’zlashtirgan bilim ko’nikmalari hajmi, yo’nalishi va darajasi. Ta’limtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. M. insoning ongli faoliyati jarayonida o’zlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oila- da, so’ngra uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’limtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida tegishli ta’lim standartlari hamda o’quv das-turlari b-n belgilangan hajm va yo’nalishdagi M. o’zlashtirib borila- Di. M.ni o’zlashtirish jarayonini tash- kil qilishning asosiy shakli ta’lim va tarbiya mashgulotlaridan iborat. Bunda M. oluvchini talaba, o’quvchi, shogird, bu jarayonga rahbarlik qiluvchilarni o’qituvchi, murabbiy, ustoz deb nomlana- Di. M. olish manbai darslik, qo’llanma, qo’shimcha adabiyotlar, atrof muhitdagi narsa va voqea-hodisalar, M. olish vo- sitasi o’quv qurollari hamda mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. M. oila, bog’cha, maktab, akademik lisey yoki kasb- hunar kolleji, oliy o’quv yurti, maktab- dan tashqari ta’lim muassasalari, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shaklla- ri — aspirantura, doktorantura hamda qayta tayyorlash va malaka oshirishda o’zlashtiriladi. Shaxsning M. darajasi boshlang’ich, umumiy o’rta, o’rta maxsus, oliy bo’lishi mumkin. M. umumiy va maxsus M.ga AJ- raladi. Umumiy M. kelajakdagi IX- tisosi, kasbidan qat’i nazar, har bir kishi uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni anglatadi. Maxsus M. muayyan mutaxassislikdagi xodimning kasbiga oid M.ni bildiradi. Umumiy M. maxsus ma’lumotning zarur negizidir. Maxsus M. oliy (q. Oliy ta’lim), o’rta maxsus va kasb-hunar (q. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) M.lariga bo’linadi. Saidqosim Usmonov.