Malyus qonuni
Malyus qonuni — yorug’lik qutb lovchi asbob (analizator) dan o’tganda chiziqli yorug’lik intensivli- gining o’zgarishi qonuni. Tushayotgan yorug’likning qutb tekisligi va qutblovchi as-bobning qutblash tekisligi orasidagi burchak a ga nisbatan yorug’lik intensivli- gi har xil o’zgaradi. M.q. 1810 y.da Fran- suz fizigi E. Malyus (1775-1812) kashf qilgan. Qutb tekisliklari (yorug’lik va asbob) orasidagi burchak a, analizatorga tushayotgan chiziqli yorug’lik intensiv- ligi /0 bo’lsa, analizatordan chiqayotgan yorug’lik intensivligi M.q.ga asosan / = /ccos2 a bo’ladi. Yorug’lik intensivligi- ni o’lchaydigan asbob va qurilmalar M.q. asosida ishlanadi.