Mamadalimov Abdug’afur Teshaboevich
Mamadalimov Abdug’afur Teshaboevich (1947.1.2, Andijon) — fizik olim, O’zbekiston FA akad. (2000), fizi- kamat, fanlari D-ri (1985), prof. (1989). ToshDU ni tugatgan (1969). O’zbekiston FA Fizikatexnika in-tida, Polimerlar kimyosi va fizikasi in-tida, issiklik fizikasi bo’limida ishlagan (1969-94). O’zMU prorektori (1994-98), 1989 y.dan O’zMU prof. Ilmiy ishlari chuqur sathli yarimo’tkazgichlar va elektro’tkazuvchan polimerlar fizikasiga oid. Yarimutkaz- gichlarda chuqur markazlar parametrlari- ni aniqlashning yangi uslublari — in- duktsiyalangan fotosig’im, past t-rali fotoelektrik va issiklik fizikasi spektroskopiyalarini yaratgan hamda ularni amalda joriy qilgan, «tabiiy polimer tolalar elektrofizikasi»ga asos solgan. Chuqur sath hosil qiluvchi kirishmalar b-n legirlangan kremniy, paxta va ipak tolalari asosida yangi tur- dagi elektron asboblar — haroratni, namlikni, yorug’likni sezuvchi asboblar, yarimo’tkazgichli S-diodlar yaratishning fizik asoslarini taklif etgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi dav- lat mukofoti laureati (1992). As: teplofizika kremniya, T., 1990; Spektroskopiya glubokix tsentrov v polu- provodnikax, T., 1999.