Mamajonov Salohiddin

Mamajonov Salohiddin (1931.15.12, Qo’rg’ontepa tumani) — ada- biyotshunos olim. O’zbekiston FA akad. (2001). Uzbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), Filol. fanlari D-ri (1968), prof. (1972). Farg’ona pedagogika in-tining o’zbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1952). Uzbekiston FA til va adabiyot in-tida kichik (1958— 62), katta ilmiy xodim (1962-68), bo’lim boshlig’i ( 1 968-2000). M.ning asosiy ilmiy ish- lari she’riyat, proza, drama, bolalar adabiyoti muammolariga qaratilgan. M. o’zbek adabiyotining sovet davridagi ta- rixiga bag’ishlangan bir va ko’p jildli tadqiqrtlarning yaratilishida faol ish- tirok etgan. M. G’afur G’ulom ijodiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar («shoir va zamonaviylik», 1963; «G’afur G’ulom prozasi», 1966; «uslub jilolari», 1972), Hamid Olimjon haqidagi «shoir du-nyosi» (1972) hamda Sharof Rashi- dov romanlari tahliliga bag’ishlangan «Lirik olam, epik kulam» (1979) kabi asarlar muallifi. 90-y.larda M.ning Behbudiy, Fitrat, Hamza Hakimzoda, Cho’lpon, Elbek, Botu singari adiblar ijodiga bag’ishlangan risola va makrla- lari e’lon qilingan.